Hisobni o’chirish
English versionASRA hisobini istalgan vaqtda o’chirish mumkin. Hisob bilan birga unga bog’langan barcha ma’lumot — bolalar profillari, qurilma ulanishlari va faoliyat tarixi — o’chadi. Bu amal qaytarilmaydi.
1. Ilova orqali
- ASRA ilovasida Ko’proq bo’limini oching.
- Sahifa pastidagi Hisobni o’chirish qatorini bosing.
- Ochilgan oynada Hisobni o’chirish tugmasi bilan tasdiqlang.
Tasdiqlangan zahoti hisob serverdan o’chiriladi, seans tugaydi va ilova kirish ekraniga qaytadi. Bola qurilmasidagi ASRA oiladan uziladi — qoidalar va kuzatuv to’xtaydi.
2. Ilovasiz — so’rov yuborish
Telefoningizga kira olmasangiz, hisob egasi sifatida admin@asrafamily.uz manziliga yozing.
- Xat mavzusi: Hisobni o’chirish.
- Xatda hisob ro’yxatdan o’tgan telefon raqamini ko’rsating.
- Shaxsni tasdiqlash uchun o’sha raqamga SMS-kod yuboramiz; javob xatida kodni qaytaring.
So’rov tasdiqlangach hisob 30 kun ichida o’chiriladi. Bu xizmat bepul.
3. Nima o’chiriladi
- Ota-ona profili, telefon raqami va barcha faol seanslar.
- Bolalar profillari, avatar fotolari va ulanish kodlari.
- Ulangan qurilmalar va ularning push-tokenlari.
- Joylashuv tarixi hamda xavfsiz hududga kirdi-chiqdi hodisalari.
- Ilovalardan foydalanish statistikasi, sayt tashriflari, qidiruv so’rovlari va YouTube ko’rish tarixi.
- Qoidalar, jadvallar, ilova va sayt cheklovlari, bola so’rovlari tarixi.
- ASRA ichidagi ota-ona–bola xabarlari va bildirishnomalar.
- Bilim bo’limidagi savollar, muhokamalar, javoblar va saqlangan maqolalar.
4. Nima saqlanib qoladi
- Zaxira nusxalar. Baza har kuni zaxiralanadi va nusxalar navbat bilan almashadi — o’chirilgan yozuv zaxiralardan taxminan ikki oy ichida yo’qoladi.
- Texnik server jurnallari. Ular qisqa muddat saqlanadi va faoliyat mazmunini o’z ichiga olmaydi.
Batafsil marshrut va hududga kirish/chiqish tarixi O’zbekiston vaqti bo’yicha bugun va oldingi ikki kunni qamrab oladi; eski yozuvlar kundalik tozalashda o’chiriladi. Oxirgi ma’lum joy yangilanguncha yoki bola/hisob o’chirilguncha alohida saqlanadi. Sayt domenlari, qidiruv so’rovlari, YouTube tarixi, xabarlar va bildirishnomalar 90 kun; kunlik ekran-vaqt jamlanmalari 400 kun saqlanadi.
5. Hisobni o’chirmasdan
Ayrim ma’lumotni hisobni saqlagan holda ham olib tashlash mumkin. Ikkalasi ham Ko’proq → bolalar ro’yxati → bola kartasi orqali:
- O’chirish — bola profili, uning qurilmasi, qoidalari va butun tarixi o’chadi.
- Qurilmani uzish — qurilma oiladan uziladi va qoidalar to’xtaydi, lekin to’plangan tarix bola profili o’chirilgunicha saqlanib qoladi.
6. Savollar
O’chirish bo’yicha savollar uchun admin@asrafamily.uz manziliga yozing. Ma’lumot bilan qanday ishlashimiz Maxfiylik siyosatida yozilgan.